Telba

歌手: Otash Xijron • 专辑:Telba • 发布时间:2019-11-18
作词 : Otash Xijron
 作曲 : Otash Xijron
Xazon to'kilgandek yoshim to'kildi,
Dastingdan tik turgan boshim egildi.
Asli kim ekaning endi bilindi,
Bir umrli umidim so'ndi, uzildi.
Yig'lamading, shunchaki unutding kulib,
Men esa bag'rimni tirnadim yulib.
Ayriliq qabriga sevgimni ko'mib,
Ketmoqdasan uzoqqa, kimlarga ko`nib?
Oddiyman, koshonam shunchaki kulba,
Guldan boshqa nima ham berardim senga?
Suratingga qarab, sog'inib cheksiz,
Ovunyabman qara, qara, men telba.
Oddiyman, koshonam shunchaki kulba,
Guldan boshqa nima ham berardim senga?
Suratingga qarab, sog'inib cheksiz,
Ovunyabman qara, qara, men telba.
Bugun yo'l olaman yana sen tomon,
Visoling ko'zimning ostida hamon.
Yurak tilkalangan, gapirmas zabon,
Unutganman dema, sog'indim yomon.
Qo'limdan kelmadi baxtiyor qilish,
Qo'limdan kelgani qalbimni yulish.
Va berish muzlagan shu qo'llaringga,
Intizor bo'lyapman bu yo'llaringda.
Oddiyman, koshonam shunchaki kulba,
Guldan boshqa nima ham berardim senga?
Suratingga qarab, sog'inib cheksiz,
Ovunyabman qara, qara, men telba.
Oddiyman, koshonam shunchaki kulba,
Guldan boshqa nima ham berardim senga?
Suratingga qarab, sog'inib cheksiz,
Ovunyabman qara, qara, men telba.
📥 下载LRC歌词 📄 下载TXT歌词

支持卡拉OK同步显示,可用记事本编辑