Ona

歌手: AlimOfficial • 专辑:Ona • 发布时间:2020-07-20
作词 : AlimOfficial
作曲 : AlimOfficial
Omad senga qo'llarini tutaverar,
Yaxshi kunlar, yo'llaringni kutaverar,
O'taverar hayot go'zal o'taverar.
Onajoning rozi bo'lsa agar sendan,
Otajoning rozi bo'lsa agar sendan.
•               •                •                  •
Ko'p o'yladim, ko'p o'yladim, ko'p
o'yladim
Erta tongdan to-kechgacha ho'p o'yladim,
Butun umr bo'lmas ekan baxting yarim.
Onajoning rozi bo'lsa agar sendan,
Otajoning rozi bo'lsa agar sendan.
•                •                •                •
Bu dunyoda ota-onang hayot ekan,
Sahrolarda oyog'inga botmas tikan,
Sening uchun hammadan ko'p zahmat chekgan.
Onajoning rozi bo'lsa agar sendan,
Otajoning rozi bo'lsa agar sendan.
•               •                •               •
Jigarbanding, dilbanding bor, farzanding bor.
Bo'lib qolmay desang bir kun mehrga zor,
Duosin ol, yoniga bor, duosin ol.
Onajoning rozi bo'lsa agar sendan,
Otajoning rozi bo'lsa agar sendan.
•               •                •               •
Ahad Qayum yozar bo'lsang agar chindan.
Yaratgandan so'ra faqat ich-ichingdan,
Bir yaxshilik qoldirgin sen har bir kundan.
Onajoning rozi bo'lsa agar sendan,
Otajoning rozi bo'lsa agar sendan.
•                •                •                •
Onajoning rozi bo'lsa agar sendan,
Otajoning rozi bo'lsa agar sendan.
📥 下载LRC歌词 📄 下载TXT歌词

支持卡拉OK同步显示,可用记事本编辑