Oyning o'n beshi qorong'u

歌手: Botir Qodirov • 专辑:Oyning o'n beshi qorong'u • 发布时间:2023-09-02
作词 : Qodirov Botir
 作曲 : Qodirov Botir
Tog‘-u toshlarning chiroyi
Lola gul ohu bilan
Xasta ko‘nglimning quvonchi
Ul kamon obru bilan
Naylayin dardimga parvo
Qilmading kulgu bilan
Oyning o‘n beshi qorong‘u
O‘n beshi yog‘du bilan
Umrini oshiq hamisha
O‘tkazar orzu bilan
--Music--
Dard-u hijron ezdi bag‘rim
Naylayin shom-u sabo
Shul ekan sevgan, sevishgan
Qismati jabr-u jafo
Qanchalar yozsam yurak qon
Hiyla arz bo‘lmas ado
Zahmati ishq dard erursa
Zahmati sh'erdur davo
Chunki og‘uning shifosi
Deydilar og‘u bilan
--Music--
Bog‘ladim mehrim ipin
Ko‘nglima yod deb o‘ylamang
Oshkora ishq dardim
Siz uyat deb o‘ylamang
G‘ayratini yo siz aslo
Ki hayo deb o‘ylamang
Yorni men jonim deb aytsam
Iltifot deb o‘ylamang
U yashar mensiz va lekin
Men tirikman u bilan
Oyning o‘n beshi qorong‘u
O‘n beshi yog‘du bilan
Umrini oshiq hamisha
O‘tkazar orzu bilan
O‘tkazar orzu bilan
O‘tkazar orzu bilan
📥 下载LRC歌词 📄 下载TXT歌词

支持卡拉OK同步显示,可用记事本编辑