Hayot

歌手: Shahzodbek Ortiqov • 专辑:Hayot • 发布时间:2023-10-14
作词 : Javohir Begmatov
 作曲 : Shahzodbek Ortiqov
 编曲 : Alijan上海
 制作人 : Alijan上海
Boylik berding berding to'qchilik
Ko'zlari och bormi menchalik
Boshga tushdi endi yo'qchilik
Barchasiga chidayman hayot
Rangli pullar ko'r qildi ko'zim
Boyligimda ko'paydi do'stim
Nochorlikda qoldirib o'zim
Yolg'izlikga chidayman hayot
Yigit boshim g'am bo'ldi ba'zan
Topgan nonim kam bo'ldi ba'zan
Ko'zlarim ham nam bo'ldi ba'zan
Azobinga chidayman hayot
Biyron tilim so'zlamay qoldi
Hayot meni ne kuyga soldi
Halovatim zumda yo'qoldi
Sinovinga chidayman hayot
Men yiqildim ammo sinmadim
Mehnat qilib hech ham tinmadim
**** bersin yigit omadim
Hammasiga chidayman hayot
Rangli pullar ko'r qildi ko'zim
Boyligimda ko'paydi do'stim
Nochorlikda qoldirib o'zim
Yolg'izlikga chidayman hayot
📥 下载LRC歌词 📄 下载TXT歌词

支持卡拉OK同步显示,可用记事本编辑